Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda «Yoshlar media xoldingi» tashkil etiladi
1.07.2020 15:22,  
76

«O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Yoshlar ishlari agentligining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Agentlik tomonidan bir qator ommaviy axborot vositalari va nashriyotlari negizida aksiyadorlik jamiyati shaklidagi «Yoshlar media xoldingi» tashkil etiladi.

Davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan OTMning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori lavozimiga nomzod Agentlik bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Agentlik bilan majburiy ravishda kelishiladi.

Agentlik direktori Bosh vazir taqdimnomasiga asosan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlariga ko‘ra:

Agentlik direktori – vazirga, uning birinchi o‘rinbosari – vazirning birinchi o‘rinbosariga, o‘rinbosarlari – tegishli ravishda vazir o‘rinbosarlariga;

Agentlikning markaziy apparati xodimlari – vazirliklar markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari xodimlari esa – vazirliklar hududiy bo‘linmalari xodimlariga tenglashtiriladi.

Qaror bilan shuningdek, Toshkent shahar «Yoshlar ijod saroyi» qoshidagi Yoshlar simfonik orkestri negizida O‘zbekiston davlat simfonik orkestri tashkil etiladi va amaldagi mehnatga haq to‘lash shartlari saqlanib qolgan holda Madaniyat vazirligi tuzilmasiga o‘tkaziladi.

Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti Agentlik tuzilmasiga o‘tkaziladi.

Institut asosiy faoliyati yoshlar muammolarini o‘rganish, mazkur yo‘nalishda ilmiy va tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish hamda istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga yo‘naltirilgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat muassasasi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан