Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yoshligidan «pampers» taqqan o‘g‘il bolalar kelajakda bepusht bo‘ladimi?
13.01.2020 17:26,  
15279

Vikipediyaʼning yozishicha, AQShda birinchi bo‘lib matodan tayyorlangan tagliklarni Maria Allen 1887 yilda ishlab chiqara boshlagan. Bizga tanish suyuqlikni shimib oluvchi modda esa 1984 yildan tagliklarda ishlatila boshlagan. Demak, hozirgi tagliklar 35 yillik tarixga ega.

Tagliklarning mintaqamizga kirib kelganiga esa 20 yillar bo‘lgan bo‘lsa ham, qaynonalar va kelinlar o‘rtasida ularning zarari borasida 2 xil qarashlar mavjud.

Eng ko‘p tarqalgan gap – tagliklarning o‘g‘il bolalar reproduktiv sistemasiga ta’siri haqida. Ya’ni, bir martalik taglikda katta bo‘lgan bolalar farzand ko‘ra olmaslik xavfi bor, degan qarashlar mavjud.

MAVZUGA DOIR: Bola nega barmog‘ini so‘radi, tirnog‘ini tishlaydi?

Aslida ham shundaymi?

Zararning asosiy sababi – taglik ostida harorat ko‘tarilib, moyaklarning urug‘lar (sperma) ishlab chiqarishiga ta’sir qilish deyiladi. Dunyoda ham bu borada unchalik ko‘p ilmiy izlanishlar olib borilmagan.

Germaniyada 48 nafar bolalar bilan tajriba o‘tkazilgan. Ularga 24 soat davomida bir martalik va paxta matodan bo‘lgan taglik kiydirib harorat o‘lchanganda, tabiiy bo‘lmagan taglikda 1 gradus balandroq natija ko‘rsatilgan. Bu xavotirlanishga sabab bo‘la oladimi?

MAVZUGA DOIR: Bola tarbiyasi borasida keng tarqalgan xatolarimiz

Katta yoshdagi erkaklarning moyaklari harorati yuqoriligi farzand ko‘rishlariga salbiy ta’sir qilishi ilmiy isbotlangan. Ilmiy izlanishni olib borgan Germaniyaning Kiyel universiteti pediatr endokrinologi doktor Parchning yozishicha, bir martalik tagliklardan foydalanganda moyaklar harorati ko‘tarilgani isbotini topgan. Lekin, bu rivojlanib kelayotgan moyaklarga ta’sir ko‘rsatadimi, yo‘qmi noaniq.

Nyu-Yorkdagi Stoni Bruk universiteti urolog professori doktor Larri Lipshirtz esa “chaqaloqlarning keyinchalik spermaga aylanadigan hujayralari boshqa hujayralar kabi oddiy va ular issiqdan ta’sirlanmaydi” deydi.

Gap shundaki, moyaklar faqat voyaga yetgan bolalarda sperma ishlab chiqarishni boshlaydi. Shuning uchun, yoshligida bir martalik tagliklar ishlatilgan bolalar ulg‘aygach, farzand ko‘rish ehtimoli past bo‘ladi, degan xulosa to‘g‘ri emas. Ustiga-ustak, bir martalik taglik ishlatmagan bolaning ozroq e’tiborsiz qolishi, ayniqsa qishning sovuq kunlarida shamollashga olib keladi.

MAVZUGA DOIR: Farzand rivojlanishi va ruhiyatidagi 3 yosh krizisi

Onalarning yana bir xavotiri taglikka o‘rgangan bolalar hojat chiqarishini boshqara olmay qolishidir. Olimlarning xulosasiga ko‘ra, bolalar 22-30 oylik bo‘lganlaridagina miya hojat chiqarish funksiyasini boshqara boshlaydi. Demak, shu yoshdan keyin bolalarni tuvakka o‘rgatishimiz mumkin ekan.

Zamonaviy kashfiyotlar hayotimizni osonlashtirish uchun o‘ylab topilgan. Taglik ishlatmasdan doimiy kir yuvishdan charchagan, asabiy onadan ko‘ra, taglik ishlatib asablari joyida bo‘lgan, oilasiga vaqti yetarli bo‘lgan ona kichkintoy uchun yaxshiroq. Faqat tagi quruq bo‘lishi uchun bolani doimo beshikda yotqizishimiz ham bolaning ruhiy va fiziologik rivojlanishiga yomon ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun har bir ishda o‘zimiz va farzandimiz uchun ma’qulini tanlashimiz lozim.

MAVZUGA DOIR: Bolalarni qanday qilib maktabga, o‘qishga qiziqtirish mumkin?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан