Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yotoqxonaga kiritilmagan 3 nafar talaba 3 kun davomida ko‘chada qolgan — Deputat
3.03.2021 08:41,  
1010

«Hukumat soati»da deputat Maqsuda Vorisova o‘ziga bo‘lgan bir murojaat haqida gapirdi va oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovdan holat bo‘yicha izoh so‘radi.

«Murojaat bo‘ldi, aniq, familiyasi bor, joyi bor. Iltimos aytmang, bosim bo‘ladi deyilgani uchun qaysi OTMligini aytmayman. Birinchi bosqich talabalari yakshanba kuni qo‘shimcha mablag‘ topish uchun ishga chiqishgan, ular yotoqxonaga kirish vaqtidan kechga qolishgan va yotoqxonaga kirgizilmagan. Ertasiga ham kiritishmagan, 3 nafar talaba 3 kun davomida ko‘chada qolgan. Oxir ota-ona xabar topib yetib kelgan, qattiq gaplar gapirilgan, ota-ona ketgandan so‘ng talabaga tazyiq o‘tkazish boshlangan. Bugungi kunda shu bolalar ijarada yashashyapti. Men o‘rganganim bo‘yicha talabalar turar joyi bo‘yicha har bir OTMning nizomi alohida ekan, bugun ularning barchasini birlashtirgan holda umumiy huquqiy asos yaratish vaqti kelmadimi?», degan savol bilan vazirga yuzlandi deputat.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri quyidagicha javob qaytardi:

«Bolani ko‘chada qoldirish bu – jinoyat. U qayerga bordi, qayerda yotdi, u musofir. Menga o‘sha ma’lumotlarni bersangiz bunga chora ko‘ramiz.

Ikkinchisi, har bir OTMning bu masala bo‘yicha o‘z nizomi bor, to‘g‘ri. OTMga akademik mustaqillik berilgan, ko‘pgina yo‘nalishlar bo‘yicha faqat moliyaviy emas.

OTM 24 ta vazirlik, idoraga qaraydi. Mana kuni kecha bitta OTMga rahbar tayinlangan men bilmayman. Men vazir sifatida Feysbukdan o‘qidim buni. Hatto bir kelishish, suhbatga yuborish yo‘q. Chunki u boshqa vazirlik tasarrufidagi OTM. Bu qanchalik to‘g‘ri?

Siz hali yotoqxonalar nizomi haqida gapiryapsiz, Oliy ta’lim vazirligi 2004 yilda tasdiqlangan nizom bilan ishlaydi. Balki o‘ta mukammal deb o‘ylashimiz mumkindir, lekin undan keyin qancha o‘zgarish bo‘ldi, kvota, ta’lim shakllari o‘zgardi», dedi vazir.

Bundan tashqari Toshqulovning ma’lum qilishicha, ba’zi rektorlarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi ham kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан