Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






YouTube᾽da roliklarni tomosha qilib, farzandini dunyoga keltirishga uringan ayol vafot etdi
13.03.2019 20:30,  
16

Hindistonda YouTube᾽da joylashtirilgan roliklarni tomosha qilib, uy sharoitida farzandini dunyoga keltirishga uringan 26 yashar ayol vafot etdi, deb xabar qildi Hindustan Times.

Ushbu noxush hodisa Hindistonning Bilandpur shahrida sodir bo‘ldi. Politsiyaga ayol yashagan uyning egasi murojaat qiladi. Qo‘shnilar homilador ayol istiqomat qilgan xonadan qon oqayotganini ko‘rib, darhol uy sohibiga xabar qilishadi.

Natijada u uy eshigini buzib kirib, ayol va uning yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini o‘lik holda topadi. Ayol tanasining oldida qaychi, ip va smartfon bo‘lgan.

Qayd etilishicha, ayolning oxirgi marta YouTube᾽da tomosha qilgan videosi mustaqil ravishda farzandni dunyoga keltirish mavzusiga bag‘ishlangan yo‘riqnoma bo‘lgan. Ayol rolikdagi maslahatlarga amal qilib, farzandini dunyoga keltirishga uringan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан