Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






YouTube Donald Trampning kanalini “bloklab qo‘ydi”
13.01.2021 14:11,  
86

YouTube videoservisi AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning kanalini kamida bir haftaga bloklab qo‘ydi, deb xabar beradi CNN.

YouTube vakilining ma’lum qilishicha, yaqinda prezident kanalida e’lon qilingan video “zo‘ravonlikni targ‘ib qilgan” va o‘chirib tashlangan. Kanal faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga aynan qaysi video sabab bo‘lganiga YouTube aniqlik kiritmagan, biroq ta’kidlanishicha, bir haftalik blokdan so‘ng ular o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqadi.

YouTube Trampning akkauntini bloklamay kelayotgan yagona eng yirik platforma edi. Hozirga qadar prezidentning Facebook, Instagram va Twitter akkauntlari bloklangan. Ushbu ijtimoiy tarmoqlar rahbariyatining so‘zlariga ko‘ra, AQShning amaldagi prezidenti postlari platformalarning zo‘ravonlik harakatlarini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qoidalarini buzgan.

Bundan tashqari, Snapchat va Twitch ham Trampning akkauntini bloklab qo‘ygan"-deya xabar tarqatmoqda Daryo.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан