YouTube koronavirusga doir qanday videolarni bloklashini ochiqladi

YouTube koronavirusga doir qanday videolarni bloklashini ochiqladi

YouTube rasmiy axborot manbalari — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va mahalliy sog‘liqni saqlash idoralarining koronavirus to‘g‘risidagi xabarlariga zid bo‘lgan ma’lumotlar aks etgan materiallarni joylashni taqiqladi.

Taqiqlangan mavzular:

- muayyan millat yoki irq odamlari COVID-19 ga qarshi immunitetga ega ekanligi to‘g‘risida;

- xalq tabobati bilan davolanishga va kasal bo‘lganda tibbiy yordam so‘ramaslikka oid chaqiriqlar;

- nafas siqilishi — organizmda koronavirus borligining ishonchli alomati ekani to‘g‘risida;

- koronavirus yuqtirish ehtimoli tufayli Osiyo taomlarini tanovul qilmaslik haqida;

- COVID-19 kasalligi 5G tarmog‘i orqali tarqalishdan kelib chiqqani to‘g‘risida;

- kasallik issiq iqlimli mamlakatlarda tarqamasligi haqida;

- ijtimoiy masofa va izolyasiyalanish virus tarqalishini to‘xtatish bo‘yicha samarali vosita emasligi to‘g‘risidagi videolar.