Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yovuzlikni davlat amalga oshirganda…
14.11.2019 10:43,  
2131

Sof.uz saytida kuch ishlatish tizimi xodimlari o‘zlariga hech qarshilik ko‘rsatmagan o‘spirin yigitni kaltaklagani haqidagi videoni ko‘rib, dahshatga tushdim. Chunki, har qanday davlatning kuchishlatar tizimi xodimlari ana shu davlat nomidan harakat qiladi.

Demak, yigitchani kaltaklaganlar uni davlat nomidan kaltaklashgan, deb qabul qilish mumkin. Agar, davlat u ikki zo‘ravonga qarshi hech qanday chora ko‘rmasa, bu o‘sha davlatning nochorligi va qonunlari ishlamasligini anglatadi.

Endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri voqeaning o‘ziga o‘tsak.

Videodan ko‘rdik – yigit yo‘lning narigi tomoniga qarab ketayotganida kadr ortidagi ovoz uni to‘xtashga chaqirdi. Yigit bo‘ysunib, to‘xtadi. Shunda, chamasi, ovoz egasi uning yoniga borib, to‘satdan qorniga musht tushirdi. Orqasidan yetib kelgan niqobli, formadagi kishi esa qo‘lidagi to‘qmog‘i bilan uning beliga urdi.

Ketma-ket zarbalardan yigit qornini ushlab, egilib qoldi. Haligi ikki zo‘ravondan formadagisi o‘z ishini qoyillatib qo‘ygandek, u yerdan uzoqlashdi. Ikkinchisi esa yigitni qo‘ltig‘idan ushlab, olib ketdi.

Ikki xodimning qilmishi keragidan ortiqcha kuch qo‘llash, xizmat vazifasidan chetga chiqib, suiiste’mol qilish deb tasniflanadi.

Davlat xodimi hisoblangan politsiya xodimlari tinch aholiga keragidan ko‘p kuch ishlatishi Shimoliy Amerikada, xususan, men yashayotgan Kanadada ham onda-sonda yuz berib turadi. Bunday holatlar hamma ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritiladi.

O‘xshash holatlarda kuch ishlatgan shaxslarning xizmat vazifasini bajarishi vaqtincha to‘xtatilib, ular ustidan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi. Ancha uzoq davom etadigan tekshiruv natijasi o‘laroq ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, ish sudga oshirilishi mumkin.

O‘zbekistonda kuch ishlatish tizimlari xodimlari o‘zlari himoya qilishi zarur bo‘lgan shaxslarni asossiz ravishda do‘pposlashi hech qanday quyushqonga sig‘maydi. Harakatsiz, jim turgan yosh yigitni urgan vahshiy odam yetimxonada o‘sgan bo‘lsa kerak, degan fikr aqlga kelishi bejiz bo‘lmaydi.

Bunday ayanchli voqealar mamlakat aholisining kuch ishlatish tizimlari, bu bilan biplikda esa – davlatga nisbatan ishonchi yo‘qolishiga olib keladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан