Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yozgi ta’til davrida bolalarning aqliy va jismoniy salohiyatini yaxshilash usullari
3.06.2019 15:39,  
383

Yoz faslida o‘quvchilar maktab ta’tiliga chiqishadi, bunday paytda ota-onalar farzandlarining faolligi va qiziquvchanligini bir maromda ushlab turishlari muhim. 

Ruhshunoslarning ta’kidlashlaricha, yozgi ta’til dam olish va kuchlarni qayta tiklash uchun ajoyib imkoniyat yaratadi, shu bois bu davrdan samarali foydalanish lozim. 

Shuningdek ta’tillar butun oila uchun "yozgi reja"ni ishlab chiqish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ota-onalar o‘yin-kulgu va ijodiy faoliyat o‘rtasida muvozanatni to‘g‘ri ushlab turishlari kerak. 

Amerika psixiatriya va nevrologiya markazining bolalar nevrologi Orif Xon yoz faslining bolalar va kattalar uchun foydali o‘tishi uchun asosiy omillarni sanab o‘tdi. 

Kun tartibi yoki haftali reja

Bola kunini qanday o‘tkazishini oldindan bilishi uchun kunlik yoki haftalik reja tuzing. Masalan: ertalab soat 8:00da nonushta, 9:00da velosipedda yoki piyoda sayr qilish, 10:00da televizor ko‘rish va hokazo. Kun tartibi yoki haftalik reja oldindan tuzilsa, bolaning keraksiz narsalarga chalg‘ishga va zerikishga vaqti bo‘lmaydi, shuningdek bu bilan baxtsiz hodisalarning oldi olinadi. 

Bolalar nima bilan shug‘ullanayotganiga e’tiborli bo‘ling va ularni rag‘batlantiring

Televizor yoki kompyuter qarshisida soatlab o‘tirgan farzandingizga diqqat qiling. Ularni harakat qilishga undovchi ishlarga yoki o‘yinlarga chorlang, bolalarni rag‘batlantiring. Zero, ko‘p o‘tirish va keraksiz narsalarni tomosha qilish bolalar uchun zararlidir. 

Bolalar va oromgohlar

Bugungi kunda bolalar yozda dam olishlari uchun ko‘plab oromgohlar xizmat ko‘rsatmoqda. Farzandingizning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib, unga munosib oromgohni tanlang. Yozgi oromgohlarda bolalarda o‘ziga ishonch va hurmat hissi ortadi, chunki bu yerda maktabdagidek raqobat yo‘q, bolalar o‘zlarini erkin his etishadi, tengdoshlari bilan muloqot qilishadi. Siz sportga yoki ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan oromgohlarni tanlashingiz mumkin. 

O‘z fikrini bayon qilishga o‘rgatish

Bolalarni ijodiy faoliyatga jalb qilish juda katta foyda beradi. Bu shunchaki taom tayyorlash, kitob mutolaa qilish yoki biror bir o‘yin o‘ynash bo‘lishi mumkin. 
Farzandingiz bilan birga taom tayyorlab, unga nima foyda-yu nima zarar ekanligini o‘rgatishingiz mumkin, quruq gapdan ko‘ra, birgalikdagi faoliyat asosida tushuntirish ishlarini o‘tkazish ijobiy natija ko‘rsatadi.

Bolalar bilan aqlni charxlovchi hamda ko‘ngilochar o‘yinlar o‘ynang. Shunda bolaning fikrlashi yanada rivojlanadi, shu bilan birga oila a’zolari o‘zaro jipslashadi. Farzandlarini oromgohlarga yuborish imkoni bo‘lmagan ota-onalar ular bilan park, muzey, teatr, karaoke yoki baliq tutishga borishlari mumkin, shuningdek ularni san’at hamda hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklarga olib borishlari mumkin. 

Uxlash vaqtini aniq belgilab bering

Uyqu vaqtini belgilab berish bolani kun tartibiga rioya qilishga va kerakli hordiq bilan ta’minlashga yordam beradi. Uyqu yetishmovchiligi bolaning fikrlashiga hamda kun bo‘yi o‘zini tutishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Uyqu yetishmasligi natijasida bola notinch va giperfaol bo‘lishi ehtimoli yuqori. Bundan tashqari vaqtida uxlamagan bola ko‘p ovqat yeydi, bu esa ortiqcha vazn to‘plashga sabab bo‘ladi. Xullas, o‘z vaqtida uxlamagan bolaning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Shu bois farzandingizni uxlashga yotadigan va ertalab uyg‘onadigan vaqtini uning sog‘lig‘iga zarar yetmaydigan qilib belgilab bering. 

Unutmang, bolalar ota-onalari bilan o‘tkazilgan vaqtni juda qadrlashadi. Shunday ekan, nafaqat yozgi ta’til davrida, balki yil davomida ularga bee’tibor bo‘lmang! Zero, farzandlar - bizning kelajagimiz. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан