Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yozyovon tumanida “MAN Trailer” va “Nexia-2” avtomashinasi ishtirokida YTX yuz berdi
23.02.2021 09:09,  
166

21 fevral kuni soat 06:40 larda fuqaro S.A. Yangibo‘ston mahallasi hududida “MAN  Trailer” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, uxlab qoladi. Natijada rul boshqaruvini yo‘qotib, avtomashinani chap tomonga burib yuborishi tufayli o‘zi bilan bir yo‘nalishda orqa tomonida harakatlanib kelayotgan, U.I. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli, avtomashinasining yo‘liga ko‘ndalang turib, to‘qnashib ketgan. Oqibatda “Nexia-2” avtomashinasidagi yo‘lovchilar Q.M. va voyaga yetmagan K.A. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Bundan tashqari  “Nexia-2” avtomashinasi yo‘lovchisi T.M. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

IIV haydovchilarni ogohlikka chaqiradi:

Hurmatli haydovchilar!

Hurmatli haydovchilar! O‘zingizda charchoq alomatlarini sezsangiz, darhol avtomobilni to‘xtating va dam oling. Aks holda o‘zingiz va boshqalar hayoti xavf ostida qolishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан