Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yozyovonda “Lasetti” haydovchisi urib yuborgan velosipedchi hodisa joyida vafot etdi
9.01.2022 08:55,  
175

7 yanvar kuni A.J boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinasini Suvliariq mahallasi hududida boshqarib ketayotib, velosipedchi E.A.ni urib yuborishi oqibatida, E.A tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilinmasa, ko‘ngilsiz holatlar sodir bo‘lishi mumkinligini eslatmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан