Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






YPX xodimi haydovchiga soqol o‘stirish mumkin emasligini va bu Islom dinida ham buyurilmaganini aytdi (video)
12.09.2020 15:43,  
1744

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Yo‘l-patrul xizmati xodimi haydovchining soqoli o‘stirganiga e’tiroz bildirgani aks etgan. YPX xodimi soqol o‘stirish mumkin emasligini va bu mentalitetga hamda gigiyenaga to‘g‘ri kelmasligini aytib, haydovchiga tanbeh beradi. Shuningdek, xodim bu amal Islom dinida ham buyurilmaganini ta’kidlaydi.

 

Videoga Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, video lavhadagi holat o‘rganilganda, joriy yilning 5 sentyabr kuni soat 09:30 larda, Navoiy shahar, Islom Karimov ko‘chasida sodir bo‘lgani aniqlangan. Shu ko‘chada xizmat olib borayotgan Navoiy viloyati IIB YHXB inspektori O‘.Halimov Spark rusumli 85 581 TTD davlat raqam belgili avtomobil haydovchisiga to‘xtash ishorasini bergan.

O‘zaro muloqot vaqtida YPX inspektori haydovchining soqol o‘stirganlik holatiga e’tiroz bildirgan. Xodimning ushbu e’tirozlarini haydovchi shaxsiy uyali aloqa vositasi orqali video tasvirga olgan. Video tasvir ijtimoiy tarmoqda tarqalgan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан