Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






YPX xodimiga pora bergan shaxs ushlandi
17.03.2021 18:06,  
126

Joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizlik boshqarmasining Toshkent viloyati bo‘yicha bo‘limiga Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX guruh komandiri D.Ibodullayev bildirgi bilan murojaat qilgan. Bu haqida IIV YHXBB Axborot xixmati xabar bermoqda.

Mrojaatida u 15 mart kuni, YPX inspektori, safdor A.Ruzmetov, haydovchi B.Sh boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasini tekshirish uchun to‘xtatganligini, haydovchi spirtli ichimlikdan mast holda ekanligi aniqlanganligini va unga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydoniga qo‘yilganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan haydovchi B.Sh. uning yoniga kelib, sodir etgan qoidabuzarligini yengilroq qoidabuzarlik turiga almashtirib, avtomobilini jarima maydonchasidan chiqarib berishini, buning evaziga 5.000.000 (besh million) so‘m miqdoridagi pulni pora sifatida taklif qilayotganligini, ushbu fuqaroga pora berish jinoyat ekanligini tushuntirishiga qaramay, unga to‘xtovsiz pora taklif qilayotganligini bildirib, haydovchiga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rishni so‘ragan.

YPX xodimining bildirgisi asosida, IIV O‘XB Toshkent viloyati bo‘yicha bo‘limi va Chirchiq shahar prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilib, jarima maydonining qorovulxonasida gumon qilingan shaxs YPX xodimiga 5.000.000 (besh million) so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан