Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






YPX xodimini mashinasida sudrab ketgan haydovchi ozodlikdan mahrum qilindi
4.03.2021 10:43,  
302

Qo‘qon shahrining Farobiy ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi «to‘xtash taqiqlanadi» belgisi bor joyga qo‘yib ketilgan «Neksiya-2» rusumli avtomashina haydovchisidan hujjatlarini so‘rab, sodir etgan qoidabuzarligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘lganida haydovchi xodimga faol qarshilik ko‘rsatib, uni avtomashinasida sudrab ketadi. Taxminan 50-100 metrlar masofaga sudrab borgach, xodim yerga yiqilib, tan jarohati oladi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, to‘plangan materiallar haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudiga taqdim etilgan edi. 

Sud jinoyat materiallarini atroflicha ko‘rib chiqib, haydovchiga nisbatan bir yilu olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashga qaror qildi va hukm chiqardi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан