Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Yuksalish» rahbari: Rossiyaning taqiqlari JSTga a’zolikni tezlashtirish lozimligini eslatmoqda
11.12.2020 13:06,  
328

«Yuksalish» umummilliy harakati raisi, quyi palata deputati Bobur Bekmurodov O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga Rossiya tomonidan qo‘yilgan taqiqlar yuzasidan munosabat bildirdi.

«‘Rosselxoznadzor’ tomonidan virus aniqlanganligi vaji bilan Farg‘ona, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga import taqiqining qo‘yilishi respublika eksport hajmlariga jiddiy ta’sir o‘tkazmaydi», — deya ta’kidladi deputat.

Deputat, shuningdek, hozirda dunyodagi geosiyosiy va geoiqtisodiy jarayonlar o‘zgaruvchan xarakterga egaligini qayd etdi.

«Bunday harakatlar tashqi bozorlarimizni diversifikatsiyalashga jiddiy e’tibor qaratish va Jahon savdo tashkilotiga a’zolikni tezlashtirish lozimligini yana bir bor eslatmoqda», — dedi Bekmurodov.

Eslatib o‘tamiz, «Rosselxoznadzor» 26 noyabr kuni Farg‘ona viloyati, 4 dekabr kuni Navoiy viloyatidan Rossiyaga olib kelinadigan pomidor va qalampirlarda ham shunday virus aniqlangani sababli taqiq qo‘ydi. Keyinchalik quritilgan o‘rik partiyasida xavfli zararkunanda — kapr qo‘ng‘izi aniqlangani sababli O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishga taqiq joriy etdi. 11 dekabrdan boshlab esa Qashqadaryodan pomidor va qalampir olib kirishga taqiq qo‘ydi.

Bundan tashqari, 8—9 dekabr kunlari «Rosselxoznadzor» boshqa mamlakatlardan bir qator mahsulotlarni olib kirish taqiqlanganligini e’lon qildi. Xususan, 10 dekabrdan Ozarbayjonda yetishtirilgan pomidor va olmalarning Rossiyaga olib kirilishini taqiqladi. Bunga ushbu mahsulotlarda zararkunandalar topilgani sabab bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан