Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yulduz Usmonovaning sudi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi
16.07.2021 20:19,  
1899

2021 yil 15 iyun kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining ish yurituviga da’vogar Tajimuratov Dauletmurat Mirzamuratovichning javobgar Usmonova Yulduz Ibragimovnaga nisbatan sha’n-qadr qimmatga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi arizasi kelib tushgan.

Da’vo talabidan ko‘rinishicha, da’vogar O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning konsertida «Qaraqalpog‘iston, sizlar aytishingiz mumkin nimaga Qoraqalpog‘iston deb, atta umuman yashash oson emas, lekin O‘zbekiston xalqi bag‘rining ichidagi «choponi» ichidagi bir xalq...» degan so‘zlarni eshitganligi, uning bu so‘zlari Qoraqalpog‘iston halqini kamsitganligi, «u yerlarda oson emas», deb yomon qilib ko‘rsatganligi, «biz ular uchun javobgarmiz», degan so‘zlari bilan ularni ojiz, birovning yordamiga muxtoj xalq sifatida ta’riflaganidan norozi bo‘lib, suddan javobgar Usmonova Yulduz Ibragimovnaga Qoraqalpog‘iston xalqi va da’vogar Tajimuratov Dauletmurat Mirzamuratovichdan kechirim so‘rash majburiyatini yuklashni so‘ragan.

Sud muhokamasi 7 iyul kuni soat 14:00 ga tayinlangan bo‘lib, javobgar Yu.Usmonova sudga o‘zining sog‘ligi yomonligi sababli ishni ko‘rishni keyinga qoldirish to‘g‘risidagi arizasi bilan murojaat qilgan.

Shunga asosan sud majlisi 2021 yil 16 iyul kuni soat 14:00 ga qoldirilgan, bu haqda taraflar tegishli tartibda ogohlantirilgan.

Mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha da’vogar D.Tajimuratov fuqarolik ishlari bo‘yicha M.Ulug‘bek tumanlararo sudiga qo‘ng‘iroq qilib, samolyot uchmaganligi sabab, FIB tumanlararo Nukus sudi binosida VKA rejimida ishtirok etishi to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritgani sababli bugun, 16 iyul sanasidagi sud majlisi shu rejimda taraflar ishtirokida ko‘rildi. Dastlab sud tarkibi e’lon qilindi, taraflar e’tiroz bildirmadilar, raddiya keltirilmadi.

VKA rejimidagi sud majlisida da’vogar D.Tajimuratov, javobgar vakili advokat E.Uaydullayeva hamda erkin kuzatuvchilar – Jollibay Beknazarov va Yesemurat Esboganov ishtirok etishdi.

Sud majlisida taraflarning shaxsi aniqlandi. Da’vogar javobgar vakilining ishtirok etishiga e’tiroz bildirib, shaxsan Yu.Usmonova qatnashishini so‘radi. Javobgarning vakili advokat yozma iltimosnoma kiritib, ish hujjatlari bilan tanishish va sud muhokamasiga tayyorlanish uchun muhlat berishni so‘radi.

Sud o‘z joyida ajrim qilib, da’vogarning javobgar vakili ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi iltimosnomasini rad etdi.
Sud o‘z joyida ajrim qilib, javobgar vakilining ishni keyinga qoldirish iltimosnomasini qanoatlantirdi. Sud majlisi VKA rejimida ko‘rilishi 2021 yil 23 iyul soat 15:00 ga qoldirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан