Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yunusobod IIBdan ham fuqaroning o‘ligi chiqqani aytilmoqda
5.04.2021 20:03,  
892

Ijtimoiy tarmoqlarda 41 yoshli Aleksandr Bocharov Yunusobod tumani IIO FMB 3-sonli IIBga joriy yilning 1 aprel kuni keltirilganidan so‘ng olgan tan jarohatlari tufayli vafot etganligi haqida xabar tarqalmoqda.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumotlarni taqdim etdi. 
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 1 aprel kuni soat 21.00 larda muqaddam to‘rt marotaba sudlangan Aleksandr Bocharov va yana ikki nafar fuqaro: muqaddam sudlanganlar 1979 yilda tug‘ilgan L.Dmitriy va 1970 yilda tug‘ilgan L.Anatoliylar bilan so‘rov olib borishlik uchun Yunusobod tumani 3-sonli IIBga keltirilgan. O‘rtacha hisobda 45 daqiqa davom etgan so‘rovdan so‘ng uchchala shaxs qo‘yib yuborilgan, shu jumladan Bocharov Aleksandr ham. 2 aprel kuni ertalab soat 4.00-4.30 darda 30-uyning oldida Bocharov Aleksandrning murdasi topilgan. O‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Respublika ilmiy-amaliy sud-tibbiyot markazi hududiy filiali tomonidan berilgan birlamchi ma’lumotga ko‘ra, marhumning bir nechta kasalliklari bo‘lgan, xususan, yurak ishemik kasalligi, gematogen sil, poliorgan yetishmovchiligi, ikki tomonolama o‘pka plevriti, bosh miya va o‘pka ishishi, surunkali gepatit, giyohvandlik, alkogoldan zaharlanish.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. 

"Mas’ul tashkilotlarning rasmiy izohini olmasdan turib, oldindan xulosa chiqarmasligingizni so‘raymiz", - deyiladi rasmiy xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан