Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yunusobod metrosi qurilishida halok bo‘lganlarga oid jinoyat ishi qay tariqa yakunlangan?
24.12.2020 14:52,  
485

Toshkent shahridagi Yunusobod metro liniyasi qurilishida sodir bo‘lgan favqulodda hodisa yuzasidan jinoyat ishi javobgarlik masalasi hal etilmasdan tugatilgan. Bu haqida «Gazeta.uz» ning murojaatiga ko‘ra, Toshkent shahar prokuraturasi ma’lum qildi.

Ushbu hodisa sabab 2019 yilning 18 dekabr kuni 6 kishi halok bo‘lgan edi. Shahar prokuraturasining ma’lum qilishicha, fojea yuzasidan JKning 257 moddasi 2-qismi «a» bandi, 258 modda 2-qismi «a» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qurilish-texnik sud ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, Yunusobod metrosi bekatining tunneli o‘ng tomonining temir-beton konstruksiyasi qulab tushganiga tunnelni ochiq usulda kovlashda texnik xavfsizlik qoidalarining buzilgani va qurilish ishlarining sifatsiz bajarilgani sabab bo‘lgan. Bu mas’ul shaxslarning jarayonni yetarlicha nazorat qilmaganligi natijasida sodir bo‘lgan.

«Mas’ul shaxslar o‘zlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib tugatishni so‘rab murojaat qilishgan. Shuningdek, ish beruvchi halokatda vafot etganlarning oila a’zolariga yetkazilgan zararni qoplagan va ular tomonidan e’tirozlar mavjud emas. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvining yuqoridagi xodimlarga bergan ijobiy tavsifnomasini inobatga olgan holda 18 mart kuni JKning 84-moddasi 5-qism 2-bandiga asosan jinoyat ishi tugatildi», – deyiladi prokuratura xabarida

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан