Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yunusobod tumanida ayol kishining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi
12.12.2020 19:04,  
1499

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumani Shahriston bekati oldida odam o‘ldirib ketilganligi haqida xabarlar tarqalgan. Bosh prokuratura matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 12 dekabr kuni, Yunusobod tumani, Gisar ko‘chasida taxminan 35-40 yoshli, osiyo millatiga mansub, shaxsi noma’lum ayol kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан