Yunusobodda 4 kishini pichoqlab ketgan shaxs ushlandi

Yunusobodda 4 kishini pichoqlab ketgan shaxs ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Yunusobod tumanida qotillik sodir etilganligi yuzasidan xabar tarqaldi.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, 2020 yil 20 sentyabr kuni soat 6:00 larda Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasida joylashgan tungi klubidan chiqqan shaxslar ko‘chada turgan boshqa bir guruh shaxslar bilan o‘zaro janjallashgan.

Janjal vaqtida, fuqaro S.X. yonida bo‘lgan pichoq bilan 4 nafar shaxsga bir necha marotaba tan-jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Oqibatda, 2 nafar shaxs vafot etgan, qolgan 2 nafarining hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan S.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi «a, l» bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi «a, l» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

S.X. protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.