Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi «Oloy» bozori avtoturargoh hududida aholidan COVID-19 ga test olish va inson salomatligi hamda immunitetini tekshirish bo‘yicha tibbiyot punktlari tashkil qilinmoqda. Bu haqda Yunusobod tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur hududda aholidan COVID-19 ga test olish va uning natijalarini 24 soat mobaynida internet orqali olish imkoniyati mavjud buladi.
Shuningdek, bunday markazlar Yunusobod tumanining boshqa hududlarida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.