Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yuqori Chirchiqda 5 kunda karantin zonasi quriladi (foto, video)
26.03.2020 13:05,  
1179

Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishi asosida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan jiddiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

“Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Moliya vazirligi huzurida Inqirozga qarshi 10 trillion so‘m hajmdagi jamg‘arma tuzilgani ham bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va samarali davolash choralarini kuchaytirish maqsadida qisqa fursatlarda qator shifoxonalarni barpo etish ishlari jadal boshlab yuborildi. Jumladan, Toshkent shahrida uchta zamonaviy ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari bunyod etilmoqda.

Birinchisi, bu 144 o‘ringa mo‘ljallangan Chilonzor tumanida yangi qurilayotgan shahar 3-sonli bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi va 158 o‘rinli shahar 4-sonli bolalar kardiorevmatologiya klinik shifoxona binolari yaqin oylarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Yashnobod tumanida joylashgan Toshkent stomatologiya institutining yangi qurilayotgan binosini 250 o‘rinli zamonaviy davolash muassasasiga aylantirish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Mazkur bino joriy yilning may oyida foydalanishga topshiriladi.

Bundan tashqari, davlat rahbarining tashabbusi bilan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida karantin muassasasini bunyod etish uchun 55 gektar yer ajratilib, juda qisqa kunlarda qurib bitkazilish choralari ko‘rilmoqda.

Yana bir yirik muassasa Zangiota tumanida bunyod etilmoqda. Shu kunlarda ushbu tumandan ajratilgan 27 gektar yer maydonida o‘n ming o‘rinli shifoxona qurilishi jadal davom etmoqda.Ushbu yangi tibbiyot muassasa ham yaqin fursatlarda foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan. 

Shuningdek, ayni paytda Andijon, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida ham koronavirus bilan kasallanganlar va ularning karantini uchun xuddi shunday muassasalar qurilmoqda.

"O‘zbekiston 24"kanalida xabar berilishicha, karantin zonasi bir vaqtning o‘zida 10 ming kishini qabul qilishi mumkin. "Xitoy 10 kun ichida bunday kasalxonani qurdi, O‘zbekiston 5 kun ichida (Yuqorichirchiq tumanida 53 gektar maydonda) shifoxonani topshiradi", deyiladi dasturda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан