Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirziyoyev: Yuqori hosildorlikni saqlab qolgan klasterlarga yana 20 foiz subsidiya beriladi
28.10.2021 09:18,  
77

Davlat rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishda klasterlar oldidagi muammoli masalalarning yechimlari sifatida quyidagi yengilliklar belgilandi: 

Qishloq xo‘jaligi uchun texnika sotib olishda kredit xarajatlarining 10 foizdan yuqori qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Joriy yil hosilidan boshlab 3 yil davomida paxtani Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida mashinada terish xarajatining 30 foizi byudjetdan qoplab beriladi.

Import qilinadigan texnika, butlovchi va ehtiyot qismlar bojxona to‘lovlaridan 3 yil muddatga ozod etiladi.

Chetdan olib kelingan texnikalarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini 270 kungacha kechiktirib to‘lash tartibi joriy etiladi.

Lazerli tekislash uskunalari va don urug‘ seyalkalarini xarid qilish uchun kelgusi yilda 50 milliard so‘m subsidiya va bojxona imtiyozlari beriladi.

Yangi navlar maydonlarini kengaytirish orqali paxtada hosildorlikni 60 sentnergacha, g‘allada esa 80 sentnerga yetkazish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi.

Fermer va klasterlarga, paxta hamda g‘allaning eng hosildor navlarini import qilish va mustaqil joylashtirishga ruxsat beriladi.

“O‘zdonmahsulot” tizimidagi 20 ta urug‘lik don tayyorlash sexlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi Urug‘chilik markaziga o‘tkaziladi.

Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun kreditlar, tijorat banklari tomonidan kamida 5 yilga beriladi. 

Subsidiya ajratish tizimi ham takomillashtiriladi. Jumladan, birinchi yili subsidiyaning 50 foizi berilib, hosildorlik oshishi va uskunalarning ishlatilishiga qarab, kelgusi yili qolgan 50 foizi to‘lab beriladi.

Yuqori hosildorlikni saqlab qolgan paxta, g‘alla va meva-sabzavot klasterlariga uchinchi yilda yana 20 foiz subsidiya beriladi.

Suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatuvchi korxonalarning yagona elektron reyestri joriy qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан