Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yuqori malakali mutaxassislarni O‘zbekistonga qaytarish uchun nima ishlar qilinishi kerak?
7.08.2017 19:12,  
31

Xalqaro press-klubning O‘zbekistonda oliy ta’limni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan navbatdagi majlisida xorijdagi yuqori malakali mutaxassis-vatandoshlarimizni O‘zbekistonga qaytarish haqida so‘z bordi.

Majlisla so‘z olgan ekspert Botir Ayubjonov Singapur, Dubay, Angliya va Amerikada istiqomat qilganini aytadi. Uning qayd etishicha, O‘zbekistonda yosh mutaxassislarni chaqirish borasida sezilarli o‘zgarishlar bor. Kecha do‘stlarimga O‘zbekistonga qaytish yoki O‘zbekistonda o‘z biznesini davom ettirishni istaganlar bormi, deb savol berganimda ular orasida —konsalting kompaniyasida, bundan tashqari qator sug‘urta, axborot texnologiyalari kompaniyalarida ishlaydigan tanishlarim O‘zbekistonga kelishga istaklari borligini bildirishdi. Lekin ular O‘zbekistonda xotirjam qaytishi uchun bir nechta tashkiliy masalalarni hal qilish kerak bo‘ladi.

Misol uchun, ularning farzandlari qayerda va qanday ta’lim oladi? Chunki ularning aksariyati oila qurgan, farzandlari yuqori sifatli ta’lim muassasalariga borishadi. Va tabiiyki, O‘zbekistonga qaytgach ularning farzandlari qanday maktabga borishi bo‘yicha savol o‘rtaga chiqadi. O‘zbekistonda bu borada cheklangan miqdorda muqobil ta’lim muassasalari mavjud. Ammo ularda tahsil olish juda qimmat, agar solishtiradigan bo‘lsa, chet el ta’lim muassasalari bilan teng yoki ulardan ham qimmatroq.

O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lganlar ikki qatlamga ajratish mumkin. Birinchisi, O‘zbekistonga qaytib, o‘z biznesini ochishga tayyor. Ularni investorlar, deyishimiz mumkin. Ikkinchi qatlam esa yollanib ishlaydigan yuqori malakali mutaxassislardir. Biznesini ochmoqchi bo‘lganlarga keng imkoniyatlar bor. Yollanib ishlaydigan hamda yuqori sifatli xizmat ko‘rsatadigan mutaxassislar uchun qandaydir talab bo‘lishi kerak. Chunki ular yaxshi turmush tarziga ega, yaxshi oylik maosh olishadi, bunga ko‘nikib qolishgan. Shu ma’noda, ular O‘zbekistonga kelganida qobiliyatlariga yarasha oylik maosh olishlari kerak. “Buni ularning ishtahasi baland-ku, yerga tushishlari kerak”, deb tushunmaslik lozim. Chunki yuqori malakali vatandoshlarimizni O‘zbekistonga qaytarish xuddi shunday chet ellik mutaxassislarni jalb qilishdan ko‘ra arzonroq tushadi.

Mazkur videoning 52-minutidan ushbu fikrlarni ko‘rishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан