Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yuqorichirchiqdagi karantin zonasida farg‘onalik fuqaro o‘zini osib qo‘ydi
22.06.2020 10:06,  
611

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanidagi karantin kompleksida erkak kishi o‘z konteynerida osilgan holda topildi. bu haqda «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Unga ko‘ra, 20 iyun kuni soat taxminan 4:00larda asli Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan fuqaro (1978 yili tug‘ilgan) karantinga olingan fuqarolarni vaqtinchalik saqlash konteyneri ichida o‘zini osib qo‘ygan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu kishi koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun tahlil topshirgan bo‘lgan, lekin uning tahlil natijalari hali chiqmagan. Marhum aynan qachon, qayerdan kelgach, Yuqorichirchiq tumanidagi karantin markaziga joylashtirilgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani prokuraturasi dastlabki tergov ishlarini olib bormoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан