Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori uy qamog‘iga o‘tkazildi

Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori uy qamog‘iga o‘tkazildi

Bosh prokuratura matbuot kotibining xabar berishicha, Toshkent viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori G.Yo‘ldoshevaga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.

Ayblanuvchi G.Yo‘ldosheva ayol ekanligi, shuningdek olti nafar voyaga yetmagan farzand onasi ekanligi inobatga olinib, Bosh prokurorning tashabbusi bilan unga nisbatan qo‘llanilgan "qamoq ehtiyot" chorasi "uy qamog‘i" ehtiyot chorasiga o‘zgartirish yuzasidan Chirchiq shahar prokurori tomonidan sudga tegishli iltimosnoma yuborildi va sud tomonidan prokuror iltimosnomasi qanoatlantirildi.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.