Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yurak-qon tomir kasalligi bo‘lgan insonlarda koronavirus infeksiyasi nima uchun og‘ir kechadi?
27.10.2020 14:59,  
191

Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda aholidan kelgan muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

— Yurak-qon tomir kasalligi bo‘lgan insonlarda koronavirus infeksiyasi nima uchun og‘ir kechadi? 

— Buning asosiy sabablari — tashqi muhitning o‘zgarishi, aholi o‘rtasida kamharakatlilik – gipodinamiya, jismoniy va ruhiy zo‘riqish, noto‘g‘ri ovqatlanish -  ratsionda hayvon yog‘lari ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish, chekish va spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish. Ushbu omillar yurak-qon tomir kasalliklarining aholi orasida keng tarqalishiga va yosharib borayotganiga asosiy sabab sifatida ko‘rsatish mumkin. 

Yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy belgilari qonda xolesterin miqdorining ortib ketishi, qon tomir devorlarida xolesterin pilakchalarining paydo bo‘lishi oqibatida tomir ichining torayib qolishi, qonning quyuqlashishi, to‘qimalarga qon bilan keladigan oziq moddalar va kislorod oqimining pasayishi hamda hujayralarning kislorodga bo‘lgan ehtiyojining oshib ketishi bilan namoyon bo‘ladi. 

Agar yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan bemorlar koronavirus infeksiyasi bilan og‘rib, o‘pka pnevmoniyasi kuzatilganda hamda qon quyuqlashib ketganda yuqorida keltirilgan kardiologik kasallik belgilari zo‘rayib ketadi. Ko‘pincha bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklarining asoratlari oqibatida o‘lim holatlari kuzatiladi. Ya’ni, koronavirus yuqtirib olgan bemorlarda o‘tkir miokard infarkti, bosh miya insulti, yurak yetishmovchiligi holatlari yuzaga kelib, virus infeksiyasining og‘ir kechishiga sabab bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан