Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yurish va yugurish semizlikdan qutqaradi
11.11.2021 09:07,  
170

Semizlik teri osti va tananing boshqa joylarida me’yordan ortiqcha yog‘ to‘planishi oqibatida kelib chiqadi. Kam harakatlanish, genetik faktorlar, endokrin kasalliklar, noto‘g‘ri ovqatlanish yoki psixologik buzilishlar, stresslarga beriluvchanlik ortiqcha vaznga sabab bo‘luvchi omillar sirasidan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1975 yildan ayni paytga qadar dunyodagi semiz odamlar soni uch baravar oshgan. 5 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan 340 milliondan ziyod bolalar va o‘smirlar semizlikka duchor bo‘lgan. Mazkur faktlar jamiyatimiz uchun semizlik jiddiy tahdid ekanini ko‘rsatmoqda. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha,  keyingi bir necha o‘n yil ichida ortiqcha tana vazni va semizlik muammosi butun dunyoda kuchayib bormoqda. 2030 yilga borib, yer yuzi aholisining qariyb 45 foizi semirib ketishi mumkin. Bu holat nafaqat kattalar, balki bolalar va o‘smirlar orasida ham jiddiy muammoga aylanib bormoqda. 

Semizlik metabolik sindrom, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, miokard infarkti, insult, gipertoniya, surunkali vena qon-tomirlarining yetishmovchiligi, xoletsistit va o‘t-tosh xastaligi, artritlar, osteoxondroz va osteoartrozlar, umurtqa pog‘onasi churralari, jigarning yog‘li distrofiyasi hamda onkologik kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. 

JSSTning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, yurak, qon-tomir kasalliklari yer yuzida o‘limning asosiy sababchisi bo‘lib, aynan semizlik uning rivojlanishiga olib keladi. 

Ortiqcha vazn va semizlikka qarshi sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik hamda zararli odatlar, ya’ni tamaki va alkogol mahsulotlaridan voz kechish orqali kurashish mumkin. 

Bunda jismoniy faollik: sport bilan shug‘ullanish, piyoda yurish, gimnastika mashqlarini bajarish hamda badantarbiya bilan shug‘ullanish muhim o‘ringa ega.

Ma’lumki, yurish orqali yurak qon-tomir kasalliklari, insult, xavfli o‘smalar, nafas olish a’zolarining surunkali kasalliklari va qandli diabet kabi yuqumli bo‘lmagan xastaliklarning  oldini olgan bo‘lamiz. Bundan tashqari, jismoniy faollik sabab nosog‘lom turmush tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish, chekish, ichish kabi salbiy illatlarga ham chek qo‘yiladi. 

Gimnastika mashqlarini bajarish yordamida  esa mushak tizimi mustahkamlanadi, bo‘g‘imlar harakati yaxshilanadi, kuch, tezlik, chidamlilik oshadi.  Sog‘lomlashtiruvchi ta’sir kuchiga ega mashqlar tufayli qomatning tik va to‘g‘ri rivojlanishi ta’minlanadi.

Ko‘rinib turibdiki, har ikki holat inson tanasining chiniqib, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishiga xizmat qilar ekan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан