Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yurtimizda 77 nafar bolada kamyob kasallik — spinal mushak atrofiyasi aniqlangan
2.05.2022 14:05,  
76

Bu haqda SSV o‘rinbosari Elmira Bositxonova aytib o‘tdi.

Mutasaddining ta’kidlashicha, spinal mushak atrofiyasi kamyob irsiy kasallik sanalib, homiladorlik vaqtida bolada vujudga keladi. Eng yomoni, xastalik o‘z vaqtida, ya’ni 6 oy ichida davolanishi zarur. Aks holda, bunday bemorlarning teng yarmi 2 yoshga yetgunicha vafot etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra,  dunyo bo‘yicha ushbu kasallik har 610 ming chaqaloqdan birida uchrar ekan. Ammo jajji bemorlarning 50 foizi 2 yoshga yetmay nafas yetishmovchiligi sababli hayotdan ko‘z yumadi.

Yurtimizda ham 77 nafar bolada ushbu kasallik tahlili namunalari tasdiqlangan. Ularning 24 foizi qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh oqibatida, 40 foizi esa ikki va undan ko‘p spinal mushak atrofiyasi bilan tug‘ilgan bolali oilalar hamda 36 foizi ota ham, ona ham ushbu gen tashuvchisi bo‘lgan oilalarda dunyoga kelgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан