Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yurtimizda COVID-19 ga qarshi emlash boshlangandan beri 1,5 million doza vaksinadan foydalanildi
21.05.2021 10:09,  
18
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 20 mayda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 49930 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 14615 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 35315 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 1512421 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 1154313 nafarni,  2-bosqichda emlanganlar 358108 nafarni tashkil qildi.

20 may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

Farg‘ona viloyati (7810 doza),

Namangan viloyati (6011 doza),

Andijon viloyati (5491 doza) band qildi.  

Jami emlashlar bo‘yicha 8 ta hudud peshqadamlik qilib, emlashlar soni:

Farg‘ona viloyatida 204065 doza,  

Andijon viloyatida 189110 doza,

Namangan viloyatida 168835 doza,

Samarqand viloyatida 149560 doza,

Qashqadaryo viloyatida 110870 doza,

Toshkent shahrida 110481 doza,

Surxondaryo viloyatida 108063,

Toshkent viloyatida 101731 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан