Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yurtimizda noyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?
2.11.2020 15:43,  
954

Deyarli butun o‘tgan oktyabr davomida O‘zbekiston hududida ob-havo asosan quruq va shamolsiz bo‘ldi. Faqat ayrim kunlardagina Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li tumanlarda yomg‘ir yog‘di. Baland tog‘li hududlarda qor ham yog‘ib, bu yilgi birinchi qor qoplami hosil bo‘ldi, lekin u beqaror bo‘lib, ikki-uch kunda erib ketdi.

Quruq oktyabrlar bizda tez-tez kuzatiladi, biroq bu yilgi oktyabr ekstremal quruq bo‘ldi, mamlakatimizda butun meteorologik kuzatuvlar davrida eng yog‘ingarchiliksiz oktyabrlardan biri bo‘lgani qayd etildi, deya xabar beradi O‘zgidromet.

Harorat rejimi bo‘yicha esa oktyabr nisbatan salqin keldi. Eng sovuq kunlarda kunduzgi harorat 12-15 darajagacha pasaydi, oxirgi besh kunlikda esa 10-13 daraja iliq bo‘ldi, eng issiq kunlarda kunduzi 24-26 darajadan oshmadi. Oyning oxirida birinchi kuzgi ayoz kuzatildi.

Noyabr — kuzning oxirgi oyi, va u odatda, haroratning keskin o‘zgarishlari bilan ajralib turadi. Noyabr oyining o‘rtacha harorati oktyabrga nisbatan 5-7 daraja pastdir. Bu oyda yog‘ingarchilik ham ko‘proq kuzatiladi, ko‘proq davom etib, kuchliroq bo‘ladi. Noyabrda yomg‘irning qorga aylanish holatlari takrorlanib turadi. Tog‘li tumanlarda ayrim joylarda qor qoplami hosil bo‘lsada, ko‘pincha u beqaror bo‘ladi.

Butun kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yillarda noyabr oyida harorat, odatda, oyning birinchi yarmida 27-32 darajagacha, janubda 34 darajagacha ko‘tarilgan.

O‘tgan asrning o‘rtasigacha eng sovuq noyabrlarda harorat 13-18 daraja sovuqqacha, hatto undan ham past, shimolda 22-27 daraja sovuqqacha pasaygan.

Lekin so‘nggi 50 yil ichida respublika hududida noyabrda bunday sovuqlar kuzatilmayapti. Kamdan-kam holatlarda tunda harorat 4-6 daraja sovuqqa, shimolda 13-16 daraja sovuqqacha tushadi. Faqat 2016 yil noyabrining oxirgi o‘n kunligida harorat 8-13 daraja sovuq, shimolda 20-22 daraja sovuq bo‘lgan.

O‘zgidrometning jahon ob-havo markazlari ma’lumotlaridan foydalanib tayyorlangan dastlabki baholariga ko‘ra bu yilgi noyabr ham harorat rejimi, ham yog‘ingarchilik rejimi bo‘yicha me’yorlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

Noyabrning deyarli butun birinchi haftasi davomida O‘zbekistonda ob-havo kam bulutli bo‘ladi. Dam olish kunlarida bulutlilik ortadi, biroq quruq havo keyingi haftaning boshigacha saqlanib turadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Keyinchalik issiq to‘lqinlar sovuq to‘lqinlar bilan almashib turadi, harorat kechasi 5-8 daraja iliqdan 0-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 17-20 daraja issiqdan 3-6 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан