Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yurtimizga koronavirusning yangi shtammlariga chidamli yagona preparat olib kelindi
3.09.2021 08:30,  
210

Bundan biroz muddat avval Germaniya O‘zbekistonga insonparvarlik yordami tariqasida 10 ming doza Casirivimab/Imdevimab kombinatsiyalangan preparatini yuborishi haqida xabar bergan edik.

Toshkent Xalqaro aeroportida ushbu dori vositasi qadoqlarini qabul qilib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari va jurnalistlar ishtirok etdi.

Casirivimab/Imdevimab (Shveysariyaning «Roche» farmatsevtika kompaniyasidan) COVID-19 ga qarshi sun’iy «antitanachalar kokteyl»i bo‘lib, hozirda preparat virusning yangi shtammlariga chidamli yagona preparat hisoblanadi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, preparat kasalxonaga yotqizish va koronavirusdan o‘lim darajasini 70 foizga kamaytirgani va kasallik alomatlarining davomiyligini 14 kundan 10 kungacha qisqartirgani aytilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан