Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Yuventus» A Seriyadan chetlatilishi mumkin
11.05.2021 09:08,  
231

Italiya futbol federatsiyasi rahbari Gabriele Gravina «Yuventus» klubi Yevropa Superligasini tark etmasa, A Seriyadan chetlatilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

«Qoidalar barcha uchun barobar. Agar «Yuventus» kelasi mavsum startigacha Yevropa Superligasini tark etmasa, Turin klubi A Seriyada ishtirok eta olmaydi.

Albatta, bu eng avvalo muxlislar uchun alamli bo‘ladi, ammo qoidalar hamma uchun barobar. Umid qilamanki, «Yuve» rahbariyatining qarshiligi tez orada tugaydi», - deya Gravinaning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

«Real», «Barselona» va «Yuventus» klublari Superliganing ta’sischi klublari safini tark etishni istamayapti. Qolgan 9 klub turnirni tark etganini ma’lum qilgan.

Avvalroq, klublar Superligani tark etmasa, UYeFA keyingi mavsumda jamoalarni yevrokuboklardan chetlatishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, «Yuventus» «Milan» bilan o‘yindagi mag‘lubiyatidan (0:3) keyin A Seriya yakunlanishiga uch tur qolganda 69 ochko bilan 5-o‘ringa tushib ketdi. Jamoa to‘rtlikka kira olmasa, YeChL emas, Yevropa ligasida ishtirok etishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан