Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Yuventus" ketma-ket to‘qqizinchi marta Italiya chempioni bo‘ldi
27.07.2020 13:11,  
84

Kecha futbol bo‘yicha Italiya chempionatining navbatdagi turida "Yuventus" "Sampdoriya" ni mag‘lubiyatga uchratdi va muddatidan oldin mamlakat chempionligini yutdi. Jamoa o‘z tarixida ketma-ket to‘qqizinchi va umumiy hisobda 36-marta Italiya chempioniga aylandi.

 

Turin shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yin 2: 0 hisobida yakunlandi. Gollar Krishtianu Ronaldu (45+) va Federiko Bernardeski (67) tomonidan kiritildi. Uchrashuv natijasida "Yuventus" turnir tugashiga ikki tur qolganida yetti ochko farq bilan peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

"Yuventus" 1897 yilda tashkil topgan va Italiyadagi eng nomdor klub. U ikki marta Chempionlar Ligasini va uch bor UYeFA kubogini yutgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан