Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston aviabozoriga kirayotgan Eron samolyotlari: har ikki yilda bir halokat
12.11.2019 22:23,  
560

“O‘zaviatsiya” ma’lum qilishicha, Eronning “Zagros Airlines” aviakompaniyasi Tehron-Toshkent-Tehron yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni amalga oshiradi. Xo‘sh, Eron aviakompaniyalariga O‘zbekistonliklarning hayotini ishonib topshirsa bo‘ladimi? Ijobiy javob berishning iloji yo‘q.

Eron samolyotlari nihoyatda eski bo‘lib, hatto, 1959 yilda uchgan havo laynerlaridan hozirgacha foydalaniladi. Shuning uchun aviahalokatlar keng tarqalgan hodisaligicha qolmoqda.

O‘tgan yilning fevralida Eronda samolyot qulab 66 nafar odam halok bo‘ldi. 90-yillarning boshidan beri har ikki yilda bir samolyot halokatga uchraydi. 1993 yildan beri 791 nafar inson aviahalokatdan qurbon bo‘ldi.

Googlega “krusheniye samolyota v Irane” deb so‘rov yuboring – aviahalokatlarning ko‘pligidan qalbingizni qo‘rquv bosadi. Keling, ayrimlarini sanab o‘tamiz:

2014 yilning 9 avgusti. Sepahan Airlines Tehronda sodir etgan aviahalokatda 40 odam qurbon bo‘ldi.

2014 yilning 10 mayi. Iran Aseman Airlines Zohedonda sodir qilgan halokatda qurbon bo‘lmadi, ammo 9 kishi shikast ko‘rdi.

2011 yilning 9 yanvari. Iran Air Flight 277 Urmiya shahrida sodir etgan aviahalokat 79 odamni hayotdan olib ketdi.

2009 yilning 15 iyuli. Caspian Airlines Flight 7908 bilan Qazvin yaqinidagi halokatda 168 kishi nobud bo‘ldi.

2008 yilning 24 avgusti. Iran Aseman Airlines kompaniyasining samolyoti Bishkekda halokatga uchrab 68 kishi dunyodan ketdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан