Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Zakovat» intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti tuziladi
27.01.2021 09:11,  
126

«Zakovat» intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti tuziladi. Bu haqida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ma’lum qildi.

«Bugun fond Vasiylik kengashi yig‘ilishida «Zakovat» intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti tuzish haqida qaror qabul qildik», - deb yozadi u Telegram’dagi kanalida.

Komil Allamjonovning qayd etishicha, yaqin kunlarda ushbu klubning sayti taqdim etiladi va unda «Zakovat»ga a’zo bo‘lish tartibi, o‘yin qoidalari, tadbirlar jadvali e’lon qilinadi.

«Barcha bilimli yoshlarni klubga taklif qilamiz!» - deydi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi.

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva ham bu haqdagi yangilikni e’lon qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан