Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Zamdekan” zo‘rlamoqchi bo‘lgan talaba qizning holati bo‘yicha ma’lumot berildi
27.10.2021 13:03,  
1002

Avvalroq, Toshkentda universitetning dekan o‘rinbosari talaba qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgani hamda uni binoning derazasidan pastga itarib yuborgani haqida xabar bergandik.

SSV Matbuot xizmati jabrlangan qizning holati haqida ma’lumot berdi.

Bemor M.K. joriy yilning 18 oktyabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Tezkor tekshiruvlar natijasida, unga katatravma, qo‘shma jarohat, o‘ng o‘tirgich va qov suyaklarining sinib, siljishi, quymuch suyagining o‘ng tomonda sinib, qoniqarli turishi, beshinchi bel umurtqasi yon o‘sig‘ining sinib, qoniqarli turishi, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, peshona sohasi ezilib, yirtilgan jarohati, travmatik shok ikkinchi darajasi tashxislari qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, bemor olib kelinganida, peshona sohasiga birlamchi jarrohlik ishlovi berilib, tikilgan. Shokka qarshi amaliyotlar o‘tkazilib, markazning travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Shundan so‘ng, mazkur bo‘limda belgilangan standartlar asosida unda qator terapiya amaliyotlari bajarilgan.

“Shuningdek, har kuni jarohatiga xirurgik ishlov berilgan. Uch kun davomida dinamikada “UZI” qilingan. Qon tahlillari tekshirilgan. Qo‘shimcha mutaxassislar jalb qilingan. Hozir bemorning dinamikada ahvoli qoniqarli. Tajribali shifokorlari tomonidan muolajalar davom ettirilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан