Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Zamministr»ning ikkinchi xotini ekanini aytib «mashhur» bo‘lgan aktrisa shu nomda MChJ ochdi
23.12.2021 19:49,  
541

«Zamministrning ikkinchi xotini» nomi bilan mas’uliyati cheklangan jamiyat ochilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Davlat xizmatlari agentligi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi vakolatli organ sifatida mazkur masalaga oydinlik kiritadi.

Birinchidan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasiga asosan, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati sub’yekti firma nomiga bo‘lgan huquqqa ega, bu nomni uning o‘zi mustaqil ravishda belgilaydi va o‘z ta’sis hujjatlarida ko‘rsatadi.

Ikkinchidan, 2017 yil 1 apreldan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali (o‘zi kelgan holda yoki onlayn usulda) davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 

Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan Firma nomida:

  • davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi;
  • tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;
  • firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;
  • jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak.

To‘rtinchidan, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga asosan firma nomlarida ishlatilishi mumkin bo‘lmagan so‘zlardan foydalanish bo‘yicha cheklovlar qo‘yildi. Ushbu ro‘yxat mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda yangilanib boriladi.

Muhokamalarga sabab bo‘layotgan tadbirkor aslida boshqa nom ostida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, joriy yilning 22 dekabr kuni Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi orqali qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan va nomini o‘zgartirgan. Muhokamaga sabab bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektining firma nomi, tadbirkor bilan olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng, belgilangan tartibda o‘zgartirildi. 

O‘z navbatida, tadbirkorlardan firmalariga nom tanlashda, uni o‘zgartirishda yuqoridagi qonun talablariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qolamiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан