Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zamonaviy tibbiy uskunalar xarid qilish va mutaxassislarning xorijda malakasini oshirish uchun100 million AQSh dollarigacha mablag‘ ajratiladi
12.11.2021 10:07,  
33

Zamonaviy tibbiy uskunalar xarid qilish va mutaxassislarning xorijda malakasini oshirish uchun hududiy muassasalarga 100 million AQSh dollarigacha mablag‘ ajratiladi“Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash va sog‘liqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident qaroriga ko‘ra, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan tuman va shahar tibbiyot birlashmalari hamda viloyat sog‘liqni saqlash muassasalari uchun zamonaviy tibbiy uskunalar xarid qilish hamda mutaxassislarning xorijiy tibbiy muassasalarda malakasini oshirish uchun 2021/2022 yillarda 100 million AQSh dollarigacha ekvivalentidagi mablag‘lar milliy valyutada yillik 2 foiz stavkada 3 yil muddatga ajratiladi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan talabnomalari hamda 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga qonunchilikda belgilangan stavkaga ko‘ra, ularga qaytarish sharti bilan byudjet ssudasi beriladi.

Bunda, Moliya vazirligi kredit mablag‘larini respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlashga va yetakchi xorijiy tibbiy muassasalarda ularning mutaxassislari malakasini oshirishga ham yo‘naltirishi mumkin.

Endilikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan birgalikda xatlov o‘tkazish asosida har bir muassasa kesimida tibbiy uskunaga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi hamda ularning ro‘yxatini Sog‘liqni saqlash vazirligiga kelishish uchun kiritadi. 

Tibbiy uskunalarni xarid qilish bo‘yicha texnik va boshqa tegishli hujjatlar belgilangan tartibda “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasida kompleks espertizadan o‘tkaziladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ajratilayotgan ssuda mablag‘larining samarali va maqsadli ishlatilishi hamda o‘z vaqtida qaytarilishiga shaxsan mas’ul hisoblanadi.

Xorijda malaka oshiradigan tibbiyot xodimlari ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tanlov asosida shakllantiriladi.

Bundan tashqari, mazkur qarordan kelib chiqqan holda hududiy sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni malakali kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан