Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zangiota tumani hokimligi ishchisi 120 ming dollar bilan qo‘lga tushdi​
18.12.2019 15:28,  
4846

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida respublika bo‘yicha 13 130 ta holatda 1 827 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallanganligi, 8 138 ta holatda 1 082 gektar yer maydoniga noqonuniy qurilishlar qilinganligi aniqlangan.

Xususan, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 2019 yil 17 dekabr kuni Zangiota tuman hokimligi umumiy bo‘lim mudiri A.T. va “M.G.S.” MChJ rahbari M.S. lar o‘zaro jinoiy til biriktirgan. Ular jamiyatga tegishli bo‘lgan Zangiota tumani, “Qatortol” qishlog‘i, “Navro‘z” massividagi 2,7 gektar yer maydonining 0,3 gektarini noqonuniy ravishda, firibgarlik yo‘li bilan fuqaro S.X.ga har bir sotixini 4 mingdan jami 120 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlanishgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан