Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zangiota tumanida IIB xodimlari tomonidan fuqaroga tan jarohati yetkazilganligi to‘g‘risidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi
12.11.2021 16:19,  
303

Ma’lum qilamizki, joriy yilning 11 noyabr kuni kechki soat 20.00larda Zangiota tumani, Ramadon mahalla fuqarolar yig‘ini, Markaziy ko‘chasida yashovchi fuqaro U.X. (ona) murojaat qilib, o‘g‘li, ishsiz, 1974 yilda tug‘ilgan U.M. muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qilishini, ayni vaqtda uyda janjal qilib, onasi va yaqinlariga tazyiq o‘tkazayotganligini aytib, yordam so‘ragan.

Voqea joyiga yetib borgan Zangiota tumani IIB xodimlari tomonidan tartibbuzar qo‘lga olinib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183 (Mayda bezorilik), 187 (Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish) hamda 194 (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalari bilan materiallar rasmiylashtirish vaqtida, fuqaro U.M. IIBning ma’muriy binosidan qochib ketib, go‘yoki unga nisbatan kuch ishlatilganligi haqida yolg‘on ma’lumotlarni tarqatgan.

Hozirda fuqaro U.M. ichki ishlar organlariga olib kelingan hamda unga nisbatan, yuqoridagi moddalarga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 40 (Tuhmat) bilan materiallar rasmiylashtirilib sudga taqdim etilgan  — deya xabar bermoqda IIV Axborot xizmati rahbari Sh.K.G‘iyosov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан