Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida koronavirusga oid ilmiy tadqiqotlar olib boriladi
29.11.2020 11:26,  
59

1- va 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus va pnevmoniya bilan kasallangan bemorlar keskin kamaygani inobatga olinib, muassasalar bazasidan unumli foydalanish hamda kelgusida ularning faoliyatini tibbiyotning boshqa yo‘nalishlariga ham moslashtirish maqsadida reabilitatsiya bo‘limlari tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Shuningdek, ushbu shifoxonalarda koronavirusga oid ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Shu maqsadda shifoxonalarda ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi joriy qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 17 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda O‘zbekiston bo‘yicha 89 ta muassasada 17 500 ta o‘rin COVID-19 bilan kasallanganlar uchun ajratilgani hamda ushbu o‘rinlarda 6570 nafar bemor davolanayotgani va koykalar bandligi respublika bo‘yicha esa 38 foizni tashkil etishi ma’lum qilingandi. Shu munosabat bilan, mutasaddilarga koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalar faoliyatini chuqur o‘rganib, ularni optimizatsiya qilish topshirig‘i berilgandi.

Shundan so‘ng Toshkent shahridagi «Atlas» savdo majmuasi binosi va «Yoshlik» sport majmuasida tashkil etilgan taqsimlash markazlari faoliyatlari to‘xtatilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан