Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zangiotada jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga berilgan shaxs Namanganda ushlandi
16.06.2021 16:48,  
614

8 iyun kuni Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilgan tadbir davomida qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishcha, bundan necha muddat oldin Namangan shahrida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan Ibrohim X. O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi, 228-moddasi 2-qismi «b» bandi, 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etib, tergovdan yashirinib yurganligi sababli Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Mazkur qidiruv asosida Toshkent viloyati IIBB XTTB va Zangiota tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida ushbu shaxs qo‘lga olinib, Zangiota tumani IIB olib kelingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан