Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zangiotadagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlar ko‘paydimi?
27.06.2021 15:14,  
289

Ma’lumki, 28 iyundan Toshkent shahrida ma’lum karantin cheklovlari kuchga kiradi.  Bunga infeksiyasining hududlar kesimida qayd etilishi, xususan, poytaxtimiz aholisi orasida ko‘proq kuzatilayotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Shuningdek, oxirgi 10-15 kun ichida Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga bemorlar murojaatlari nisbatan ko‘paygan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida bo‘lib, markaz direktori Anvar HUSANOVga tayanib xabar berishicha, oxirgi ikki hafta davomida tibbiyot muassasaga murojaat qiluvchi bemorlar soni keskin ortgan.

Xususan, ayni paytda 2016 ta o‘ringa ega bo‘lgan shifoxonada 1400 nafardan ortiq bemor belgilangan standartlar bo‘yicha davolanmoqda.

Shifoxonada 6 ta reanimatsiya bo‘limi bor va ularda 232 ta o‘rin tashkil qilingan. 

"Hozirgi kunda ushbu reanimatsiya bo‘limlarida 203 nafar bemor belgilangan standartlar bo‘yicha davolanmoqda. Bo‘sh o‘rinlar soni esa 29 tani tashkil etmoqda.

Reanimatsiya bo‘limidagi har bir koyka sun’iy o‘pka ventilyasiyasi va zamonaviy davolash apparatlari bilan jihozlangan. Shu bilan birga, har bir bo‘limda sanitar o‘tkazgich tashkil qilingan", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан