Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zangiotadagi farm parkda ukrain shirkati dori ishlab chiqaradi
24.04.2020 18:47,  
144

Avval xabar qilinganimizdek, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining qurilishi boshlandi.

Yangi farmatsevtika klasteridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda chet ellik sheriklardan biri Ukrainaning "Farmak" kompaniyasi bo‘lib, u 260 dan ortiq turdagi dori-darmonlar, 10 ga yaqin tibbiy mahsulotlar, diabet uchun qo‘shimchalar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradi. U Ukrainadagi barcha turdagi dori-darmonlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

Ushbu loyiha import o‘rnini bosish, endokrin tizim va patologik kasalliklarni davolash uchun dori-darmon ishlab chiqarishni yo‘lga  qo‘yish, mahalliy farmatsevtika va muhandislik mutaxassislaridan zamonaviy kadrlar tayyorlash masalalarini hal etadi.

Kompaniya Yevropaning GMP standartiga mos keladigan tabletkalardan yiliga 500 million dona ishlab chiqaradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан