Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zangiotadagi koloniyadan bir guruh mahkumalar ozodlikka chiqarildi
27.04.2020 10:19,  
403

Kecha Zangiota tumanida joylashgan ayollar koloniyasidan bir guruh mahkuma ayollar ozodlikka chiqarildi.

IIV axborot xizmatining xabar berishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tumani sudi raisi O‘ktam Xoliqov raisligida bo‘lib o‘tgan sud jarayonida 21-jazoni ijro etish muassasasi rahbariyatining taqdimnomalari ko‘rib chiqildi.

Taqdimnomada jazoni o‘tash jarayonida belgilangan tartiblarga qat’iy rioya etgan, qilmishidan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan bir guruh mahkumalarni muddatidan oldinroq ozod etish so‘ralgan. Natijada, bir necha mahkumalar ozodlikka chiqarilgan.

Foto: O‘zA

Mahkumalar shunchaki ozod etilmadi, balki ularning kelgusida hayotda to‘g‘ri yo‘lga tushib olishi, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishi uchun tegishli xizmatlar, mahalliy davlat hokimiyati idoralariga mas’uliyat ham yuklandi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан