Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zara brendi egasi butun dunyo bo‘ylab do‘konlarini yopmoqda
12.06.2020 12:02,  
321

Inditex (Forbes ma’lumotlariga ko‘ra dunyoning sakkizinchi milliarderi Amansio Ortega egalik qiladi) kompaniyasi dunyo bo‘ylab 1000 dan 1200 tagacha do‘konlarni yopishni rejalashtirmoqda. Bu barcha do‘konlarning yettidan biri deganidir. Asosan Osiyo va Yevropada joylashgan Zara, Bershka, Pull & Bear va Massimo Dutti brendlarining rasmiy do‘konlari yopiladi, deya xabar beradi The Guardian nashri. 

Kompaniya koronavirus tufayli keskin o‘zgargan eng yirik chakana sotuvchilardan biri hisoblanadi, deb yozadi WSJ. Nashr Inditex inqirozga sotuvlarda jismoniy ishtirokni kamaytirib, uning o‘rniga onlayn xaridlarni rivojlantirish orqali javob bermoqda, deb hisoblaydi.

Savdo do‘konlarining yopilishi bilan bir qatorda, 450 ta yangi do‘kon ochishni va raqamli savdo kanallariga uch yil davomida 1 milliard yevrodan ko‘proq sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Yopiq do‘konlarning ishchilari ish joylarini yo‘qotmaydilar: ularga onlayn savdo bilan shug‘ullanish taklif etiladi.

Birinchi chorakda onlayn savdoning 50 foizga o‘sishi va aprel oyining o‘zida 95 foizga o‘sishiga qaramay, pandemiya kompaniyaning daromadini kamaytirdi. Fevral oyining boshidan aprel oyining oxirigacha u 44 foizga pasayib, 3,3 milliard yevroni tashkil etdi va chorak uchun sof yo’qotish 409 million yevroga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан