Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zarafshon shahrida shaxsiy avtotransport vositalarida harakatlanish cheklandi
18.05.2020 12:57,  
264

2020 yil 18 may soat 06:00 dan boshlab Zarafshon shahri bo‘yicha karantin qoidalari kuchaytirilgan va bu cheklovlar Zarafshon shahri uchun o‘z kuchida qoladi.

Zarafshondagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda shahar maxsus komissiyasiga mustaqil qaror qabul qilish vakolati berilgan. Shu sababli Zarafshon shahrida epidemiologik vaziyat yumshamaganligidan kelib chiqib, qat’iy karantin cheklovlari davom etadi. Respublika maxsus komissiyasining qarorida belgilangan talablar Zarafshon shahri uchun tadbiq etilmaydi.

Shahar maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra bugundan e’tiboran quyidagilar cheklandi: 

– ertalab soat 07:00 dan 10:00 gacha hamda kech 17:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan avtotransport vositalarining erkin harakatlanishi butunlay cheklandi;

– koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish maqsadida 1 iyunga qadar shahar hududida shaxsiy avtotransport vositalarining harakatlanishi cheklandi;

– karantin davomida shahar hududida shaxsiy avtomobillarda harakatlanish shahar shtabi tomonidan berilgan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi;

– shahar hududida harakatlanishga ruxsat berilgan avtomobillarning karantin davomidagi qatnovi nazoratga olindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан