Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Zarbdor oyligi» doirasida 30 nafardan ortiq qidiruvda bo‘lgan shaxslar ushlandi
15.03.2021 22:17,  
181

Toshkent viloyati hududida jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan «zarbdor oyligi» doirasida 30 nafardan ortiq qidiruvda bo‘lgan shaxslar ushlanib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Jumladan, viloyat IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan viloyatda o‘tkazilayotgan «zarbdor» tezkor-profilaktik oyligi doirasida firibgarlik, o‘g‘rilik, giyohvandlik, pora olish, ma’muriy nazorat qoidalarini buzish, hujjat va muhrlarni qalbakilashtirish, taqiqlangan ekinlarni yetishtirish va boshqa jinoyatlar sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan 27 nafar, yil boshidan esa jami 55 nafar qidiruvdagi shaxslar aniqlanib, ushlangan.

Xususan, joriy yil 7 mart kuni Ohangaron tumani IIB xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 246-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergov organidan yashiringan 2010 yil 21 yanvar kunidan qidiruvda bo‘lgan 1983 yilda tug‘ilgan Ye.M. ushlangan va tegishli tartibda chora ko‘rilgan.

Shu bilan birga, mazkur tadbir davomida 7 nafar, yil boshidan esa 14 nafar bedarak yo‘qolgan shaxslar oilasiga qaytarildi.

Mazkur ma’lumotlarni IIBB Axborot xizmati taqdim etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан