Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg‘oniston havo makonini buzib o‘tgani haqida xabarlar tarqaldi
1.05.2022 08:54,  
268

Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasiga tegishli uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg‘oniston havo makonini buzib o‘tgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Xususan, Mudofaa vazirligi bu kabi tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy-havo kuchlari tomonidan qo‘shni davlatlar havo makonini buzish holatlari bo‘lmagan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari qo‘shni davlatlar aviatsiyasi tomonidan mamlakatimiz havo makonining buzilish holatlarini qayd etmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining uchuvchisiz boshqariladigan, qiruvchi va ishg‘ol aviatsiyasi qat’iy belgilangan tartibda jangovar navbatchilik o‘tamoqda, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан