Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zelenskiy Donbassdagi tinchlik evaziga Qrimdan voz kechmaydi
26.02.2020 17:35,  
317

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina yaqin vaqtlarda Qrimni qaytara olmasligini tan oldi. Bu haqda prezident Age of Crimea forumida ma’lum qildi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozir Kiyevning barcha sa’y-harakatlari Donbassda tinchlikka erishishga qaratilgan.

"Ammo bu Qrim kun tartibidan chiqarilishi yoki Donbassda tinchlik evaziga almashilishi mumkin degani emas... Biz Ukraina bayrog‘ini Qrim uzra baland ko‘tarish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Bu ertaga hal qilinishi zarur murakkab vazifa, ammo bugun biz qilishimiz kerak bo‘lgan masalalar bor”, — dedi Zelenskiy.

Birinchi navbatda u Qrimda yashaydigan yoki Qrimda ro‘yxatdan o‘tgan Ukraina fuqarolarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. “Ularning aksariyati Qrimning Ukrainaga qayta qo‘shilishini kutishmoqda. Ularning buni baland ovozda aytmayotganlari, bu ularning yo‘qligini anglatmaydi. Va ular shuni unutmasinlarki, davlat ularni hech qachon unutmaydi”, — dedi prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан